Muzeyiga ega hunarmandchilik markazi

Date:

Boysun qadimiy va o‘ziga xos tabiatga ega go‘sha ekani bilan hamisha e’tibor va e’tirofga loyiq. Boysun deyishimiz bilan, boysuncha kiyinib olgan folklor etnografik ansambllarning chiqishlari, chechalarning sho‘x-shodon raqslari ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Shu onda surxoncha an’analar, urf-odatlaru milliy liboslarimiz tarannumi milliylikka, o‘zlikka qaytargandek bo‘ladi. Shundanmi, Boysunga mehmon va turistlarning qadami uzilmaydi.


Boysun tumanining “Tuzbozor” mahallasida ko‘p yillik tarixga ega, o‘zining XIX-XX asr hunarmandchilik eksponatlari saqlanadigan muzeyiga ega “Hunarmandchilik” markazi esa har doim mehmonlaru xaridorlar bilan gavjum. Kelgan-ketgan hunarmandchilik eksponatlari saqlanayotgan muzey tomoshasiga berilsa, qaytishda, albatta, hunarmandchilik markazining chevarlari mehr qo‘ri ila tikilgan kiyim-kechaklar, buyumlar yoki aksesuarlardan xarid qilishadi.
Ushbu hunarmandchilik markazida 6 nafar usta-hunarmand kashtado‘zlik, do‘ppido‘zlik, gilamchilik, janda to‘qish, to‘quvchilik bilan shug‘ullanadi. Markaz bu bilan kifoyalangan emas, “Dreams Shahrinaz” oilaviy korxonasi tomonidan 25 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan, ishsiz xotin-qizlar kashtado‘zlik va milliy liboslar tikish ishlariga jalb qilinib, bandligi ta’minlangan. Hunari yo‘q, ammo ishga ehtiyoji borlarga esa shu yerning o‘zida kasb-hunar o‘rgatib borilishi esa eng yaxshi tashabbus deyish mumkin.


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrifi davomida mazkur “Hunarmandchilik” markazi faoliyati bilan ham tanishdi. Voha milliyligi va tarixini o‘zida mujassam etgan, qurilish arxitekturasi asl holida saqlanib kelinayotgan markazda turistlar uchun ham yetarli sharoitlar yaratilganligini e’tirof etdi va boysunliklarga milliyligimizni asrab-avaylab, kelajak avlodga yetkazishda qo‘shayotgan ulkan xissalari uchun o‘zining minnatdorchiligini bildirdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Soliqdan qochib…

Yaqinda kiyim-kechak do‘koniga kirib, xaridni amalga oshirganimdan so‘ng, kassada...

Sinov majburiy bo‘ladi

Palma yog‘i 45 foizgacha palmetin kislotasidan tarkib topgan. Ushbu...

Kredit olishni taqiqlash mumkinmi?

Yurtimizda oʻz-oʻziga kredit olishni taqiqlash boʻyicha yangi qonun kuchga...

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyiladi

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini taʼminlash, ijtimoiy xizmat va...
KunTun
KunTun