Bo‘sh kelishmadi

Date:

Har bir sport turining ishqibozlari va muxlislari bo‘ladi. Bo‘sh vaqtda ayni sport o‘yinlarini tomosha qilish o‘zgacha kayfiyat beradi. Kimdir futbol ligalarini o‘tkazmay tomosha qilsa, yana kimlardir boks ishqibozi. Ringga chiqqan raqiblarning o‘yin oxirida qaysi biri g‘olib bo‘lishini o‘zicha taxmin qilib, o‘yinni kuzatadi, kutilmagan zarbalar va holatlar… xullas, boks kuchlilar, mahoratlilar o‘yini.
Tojikiston Respublikasida ham boks bo‘yicha yoshlar va qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ochiq turnir musobaqasida kuchlar sinaldi. Raqiblar bir-birlariga peshvoz chiqib, kim ustun ekanini amalda isbotladi. Albatta, yurtimiz sha’nini himoya qilgan Oltinsoy tumani sport maktabi sportchi-o‘quvchilari ham bo‘sh kelmadi. Sport maktabining o‘quvchilari bo‘lmish Ibrohim Qo‘ziboyev hamda Zohid Toshboyevlar o‘z vazn toifasida ikkinchi bo‘lgan bo‘lsa, Sharofiddin Omanaliyevga teng keladigani topilmadi va 1-o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun