Shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Date:

Tadbirkorlarning tashabbusi, g‘oyalari doimiy qo‘llab-quvvatlovda bo‘lishiga qaramay, faoliyati davomida ba’zi muammo va to‘siqlarga duch kelishi hech gap emas. Shunday paytlarda Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tadbirkorlarning joniga ora kirishi aniq. Ulaning huquq va manfaatini himoya qilishni bosh maqsad qilgan palatada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar etishga qaratilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha viloyat shtabi tashkil etildi.
Mazkur shtab haftada yetti kun, 24 soat davomida ishlaydi va u yerda iqtisodiyot va moliya, investitsiyalar, soliq, bojxona faoliyati, energetika, standartlashtirish va kadastr sohalariga oid murojaatlar qabul qilinadi. Murojaatlar qisqa muddatlarda ko‘rib chiqilib, tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘riladi. Qandaydir muammo va masala qiynaydigan tadbirkor va ishbilarmonlar esa o‘zlariga qulay bo‘lgan vaqtda shtabga murojaat qilib, o’zlarini himoya va g‘amxo’rlik ostida ekanini his etayotgan bo’lsa, ajab emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun