55 ming gektar pistazorning 27 gektarigina saqlanib qolingan

Date:

“Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligining umumiy maydoni 65 ming 732 gektar bo‘lib, 10 ta o‘rmon bo‘limidan iborat. Hududda ilgari mavjud bo‘lgan 55 ming gektar 50 yillik pistazorning hozirda 27 gektarigina saqlanib qolingan. Shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi bo‘limidagi 38 ming gektar “tojik” kovragi o‘simligi maydonlaridan afsuski, 27,3 ming gektari yo‘qolib ketgan. Bu kabi holatlarning boshqa yo‘nalishlarda ham mavjudligi, sohaning mas’ul xodimlari, hududlarga biriktirilgan o‘rmonchilarning mas’uliyatsizligi, o‘z vazifasiga sovuqqonligi oqibatida yuzaga kelgani ayanchli. O‘z-o‘zidan bu bilan tabiatga katta zarar yetkazilgan.
Ayni jihatlarni o‘rganish maqsadida Ishchi guruh tuzildi va “Bobotog‘” o‘rmon xo‘jaligi fondidan to‘g‘ri foydalanish, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha tekshirish ishlari olib borildi.

Aniqlangan masalalar bo‘yicha Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida “Bobotog‘” o‘rmon xo‘jaligida soha mutasaddilari, o‘rmon xo‘jaligi mas’ul xodimlari ishtirokida o‘rganish yakunlari muhokama qilindi.
Aniqlangan holat qattiq tanqid qilindi. Faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan qaragan xodimlarga nisbatan javobgarlik chorasini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi. Shuningdek, “Bobotog‘” o‘rmon xo‘jaligi hududida 30 ming gektar kovrak va 10 ming gektar pista plantatsiyalarini barpo etish loyihasi taqdimotlari bilan tanishildi. Loyihani sifatli, muddatida amalga oshirish, yangi ekiladigan kovrak va pista urug‘lari hamda ko‘chatlari parvarishini qat’iy nazorat qilish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun