Tartib o‘zgardi

Date:

Qachonlardir O‘zbekiston fuqaroligiga kirish masalasi anchayin qiyin bo‘lgan bo‘lsa, ayni paytda yurtimizda muqim yashab qolgan boshqa davlat fuqarolarining bu borada muammosi yo‘q. Ammo, hukumatning tegishli qarori bilan O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlar chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolikni olishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali murojaat qilish imkoniyati yaratildi. Xolbuki, murojaatchilar hududiy imtihon komissiyasining davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.
Apellyatsiya imtihon natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali beriladi. Bunday holda, imtihon natijalari e’lon qilingan kundan boshlab, 10 kun ichida apellyatsiya imtihoni o‘tkaziladi, natijada sinov imtihoni natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiyaning qondirilishini rad etish, sinov imtihoni natijalarini o‘zgartirish va apellyatsiyani qondirish yoki sinov imtihoni natijalarini bekor qilish va takroriy sinov imtihoni o‘tkazilishini tayinlash qarorlaridan biri qabul qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

100 NAFAR FARZANDGA BAYRAM TUHFASI

Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan Termiz shahrida ijtimoiy ko‘makka muhtoj...

Moda yoʻlida dadil qadam

Samarqand viloyati Yoshlar markazida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo...

MEHNAT VA TASHABBUS E’TIROFI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan el-yurt...

Kampirtepada turizm infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov “Oks Aleksandriyasi” (Kampirtepa) arxeologiya...
KunTun
KunTun