Tomorqa – daromad manbai

Date:

Ona yerning har zarra tuprog‘i bejizga oltinga tenglashtirilmaydi. Yeringiz bormi, katta imkoniyatlar egasisiz. Demak, ishsizman, sharoitim og‘ir deyishga haqingiz yoq. Dedingizmi, shunchaki dangasa va ishni ko‘zini bilmaydigan insonsiz xolos. Bu borada esa qumqo‘rg‘onlik Abdulaziz Mamatraimov eng yaxshi ibrat va namuna bo‘la oladi.
Abdulaziz aka 20 sotix tomorqasidan unumli foydalanib, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirib, daromad ko‘rib keladi. Bu yil ham sarimsoq piyoz ekib, mo‘may foyda olishni ko‘zlagan. Tadbirkor piyozdan bo‘shagan yer maydoniga pomidor ekishni o‘ylab qo‘ygan. Xullas tadbirli va ishbilarmon odam yerning bir qarichidan ham samarali foydalanib, oltinga teng vaqtni zoe ketkazmaydi.
O‘zbekiston fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bo‘lim boshlig‘i N.Mirabdullayev hamda Qumqo‘rgon tumani Fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mutaxassislari tomonidan tumanining “Halaki” mahallasida yashovchi Abdulaziz Mamatraimov xonadonida bo‘lib, MFYda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga tomorqadan samarali faydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Seminar davomida Abdulaziz Mamatraimov o‘zining boy tajribasi haqida o‘rtoqlashib, o‘zining zarur taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ma’naviy mas’uliyat ham muhim

Hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatli munosabatda bo‘lish insonparvar jamiyatning muhim mezonlaridan...

Oʻzaro kuch sinashdi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy salohiyatini yuksaltirish...

Oltinsoy uzumi eksport yo‘lida…

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish nafaqat hudud iqtisodiyotini rivojlantiradi,...

Bilimlar yanada mustahkamlanadi

Ta'lim sifati faqat nazariy bilim bilan emas, balki zamonaviy...
KunTun
KunTun