Islohotlar markazida — inson

Date:

Inson kapitalini rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash va mahallalarning jamiyat hayotidagi o‘rnini kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib qolmoqda. Shu maqsadda Prezidentning “Inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan milliy dasturlarni amalga oshirishning uchta asosiy maqsadi — bilim va malakani taraqqiyot kapitaliga aylantirish, aholining sog‘lom va uzoq umr ko‘rishini ta’minlash, yuqori texnologiya hamda mehnat unumdorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish belgilandi.

Ta’lim sohasida 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan to‘liq qamrab olish, umumta’lim maktablarini xalqaro baholash dasturlariga bosqichma-bosqich jalb etish, kamida 10 ta oliy ta’lim tashkilotini nufuzli xalqaro reytinglarning top-1000 taligiga kiritish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 10 million nafar yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga jalb qilish rejalashtirilgan.

Aholi salomatligini ta’minlash yo‘nalishida sog‘liqni saqlash xarajatlarini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5 foizga yetkazish, tibbiyotda profilaktikaga asoslangan modelga o‘tish hamda xorijning kamida beshta nufuzli klinikasini jalb etish belgilangan.

Farmonda sud mustaqilligini kuchaytirish, huquqiy savodxonlikni oshirish, kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish, xotin-qizlar hamda bolalar huquqlarini himoya qilish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Yana bir muhim jihat — davlat dasturlarini mahallalarning talab va ehtiyojlari asosida shakllantirish hamda mahalla buyurtmalari yuzasidan 30 kun ichida asoslantirilgan qaror qabul qilish tartibini joriy etishdir.

Belgilangan vazifalar ta’lim, tibbiyot, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotdagi islohotlarni yagona maqsad — inson qadri va farovonligini ta’minlash yo‘lida birlashtiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqiy kafolatdan amaliy himoyagacha

Konstitutsiyada belgilangan inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning qonuniy...

Imkoniyatlar ishga solinadi

Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va barqaror...

Qoraqirda yashil maydonlar qayta tiklanmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish...

Bandixonda elektr ta’minoti qayta tiklandi

Noqulay ob-havo sharoiti sababli Bandixon tumanidagi Tangimo‘sh podstansiyasida texnik...
KunTun
KunTun