Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib kelgan ichimlik suvi muammosi nihoyat o‘z yechimini topdi.
Tuman hokimi tashabbusi bilan amalga oshirilgan ishlar natijasida 10–11-ko‘p qavatli uylar markazlashgan suv tarmog‘iga ulandi. Zarur texnik tadbirlar olib borilib, hududga “To‘palang” daryosidan yetkazib berilayotgan toza ichimlik suvi uzluksiz ta’minlana boshlandi.
Endilikda ushbu hudud aholisi 24 soat davomida sifatli ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, ularning kundalik turmush sharoiti sezilarli darajada yaxshilandi.
Bu kabi amaliy ishlar aholining farovonligini oshirish va hayot sifatini yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

