Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar ko‘rildi. Unda ikki nafar fuqaro O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasiga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani aks etgan.
O‘rganishlar natijasida ushbu noinsoniy harakat Denov tumani “Yangikuch” mahallasida yashovchi fuqarolar tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, aybdor shaxsga amaldagi qonunchilik asosida jarima qo‘llanildi.
Tabiat va jonivorlarga mehr bilan munosabatda bo‘lish — har birimizning burchimiz.
Unutmang, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik qonun bilan taqiqlanadi va bunday holatlar, albatta, javobgarlikka sabab bo‘ladi.

