Xavfsizlik nazorat ostida

Date:

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini himoya qilish dolzarb masala bo‘lib, bu boradagi ishlar muntazam nazorat qilinmoqda.

Tuman hokimi Otabek Mavlyanov Oltinsoy daryosida olib borilayotgan ishlardan yaqindan tanishdi. Mutasaddilar daryo o‘zanini tozalash, qirg‘oqlarni mustahkamlash, himoya dambalari va gidrotexnik inshootlarni ta’mirlash hamda yangidan barpo etish bo‘yicha batafsil ma’lumot berishdi.

Shuningdek, suv toshqinlari xavfini kamaytirish, aholini himoya qilish va favqulodda holatlarning oldini olish chora-tadbirlari ko‘zdan kechirildi. Hokim mas’ullarga ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, texnika va ishchi kuchidan samarali foydalanish hamda aholi xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Oltinsoy daryosida amalga oshirilayotgan ishlar hududni suv-sel xavfidan himoya qilib, aholi hayoti va mol-mulkini xavfsiz saqlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun