Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-sonli qarori asosida Uyas mahallasidagi 30 nafar yoshga “bir massiv — bir mahsulot” tamoyili bo‘yicha 30 yil muddatga ijaraga berilgan yer maydonlarining holati o‘rganildi.
Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Farrux Xoliqov “Uyas” mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, ajratilgan yer maydonlarida “bir massiv — bir mahsulot” tamoyili asosida karam yetishtirilmoqda, shuningdek issiqxona tashkil etilib, bulg‘or qalampiri parvarish qilinmoqda.
Yoshlar ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanib, o‘z bandligini ta’minlash bilan birga, mo‘l hosil yetishtirish orqali barqaror daromad topishayotir.

