Termiz shahrida Umummilliy AI Hackathon rasmiy ochilish marosimi va kirish sessiyasi bilan start oldi. Tadbirda Prezident Administratsiyasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari ishtirok etib, sun’iy intellekt sohasini rivojlantirishda yoshlarning o‘rni muhim ekanini ta’kidladilar.
Ishtirokchilarga xakaton jarayoni va ishlash formati tushuntirildi. Kun davomida yetakchi ekspertlar tomonidan trening va ma’ruzalar tashkil etilib, startaplarni rivojlantirish, AI’dan samarali foydalanish hamda kuchli pitch tayyorlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbir yosh dasturchilar va innovatorlar uchun o‘z g‘oyalarini sinovdan o‘tkazish, tajriba almashish va mamlakatda sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

