Angor tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. “Kambag‘al oila reyestri”da ro‘yxatda turgan 36 nafar fuqaroga uch g‘ildirakli yuk tashishga mo‘ljallangan motorollar ssuda asosida topshirildi.
Mazkur texnika vositalari tuman hokimi Qosim Mardonov boshchiligida egalariga topshirilib, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbayini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Bu kabi tashabbuslar aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

