Daromad va ibrat

Date:

Aholi bandligini ta’minlash va tomorqalardan samarali foydalanish bugungi kunda muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib bormoqda. Bu borada oddiy xonadonlarda tashkil etilayotgan issiqxonalar barqaror daromad manbayiga aylanmoqda.

Angor tumanining “Yuqori Tallashqon” mahallasida yashovchi Oybek Jo‘rayev xonadonida 10 sotix maydonda barpo etilgan 4 ta issiqxonada pomidor yetishtirilmoqda. Mehnat va tajriba uyg‘unligi evaziga yuqori hosil olinib, oila daromadi mustahkamlanmoqda.

Xonadonda mehnatsevarlik an’analari alohida e’tiborga loyiq. 75 yoshli Qizlarxon momo Normo‘minova bugungi kunda ham faol, kelinlari va nabiralariga dehqonchilik sir-asrorlarini o‘rgatib, ularga ibrat ko‘rsatmoqda.

Bunday namunali xonadonlar ko‘payib borayotgani hududlarda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini ko‘rsatib, tomorqadan unumli foydalanish orqali farovonlikni oshirish mumkinligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Daromad va ibrat

Aholi bandligini ta’minlash va tomorqalardan samarali foydalanish bugungi kunda...

Yoshlar va sun’iy intellekt

Termiz shahrida Umummilliy AI Hackathon rasmiy ochilish marosimi va...

Mini-transport uchun ham guvohnoma

Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi nafaqat...

Ustoz-shogird an’anasi asosida

Angor tumanining “Yangiobod” mahallasida tashkil etilgan “Kambag‘allikdan chiqarish markazi”...
KunTun
KunTun