Ko‘chalar ochar chiroy

Date:

Bandixon tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Tuman hokimi Abdumalik Allamuradov boshchiligida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari natijasida hududlar tobora fayzli va ko‘rkam tus olmoqda.

Ushbu ezgu ishlar tuman markaziy ko‘chalarida ham davom ettirilib, mavsumiy rang-barang gullar ekilmoqda. Tozalik posbonlari tomonidan amalga oshirilayotgan bu sa’y-harakatlar natijasida ko‘chalar yanada obod, yanada jozibador qiyofa kasb etmoqda.

Yurtimiz obodligi – xalqimiz kayfiyati va farovon hayotining muhim omilidir. Amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari esa har bir hududning yanada go‘zal va yashil maskanga aylanishiga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalar manfaati ustuvor

O‘zbekistonda aliment to‘lovlarini undirishni kuchaytirish maqsadida yangi tartib joriy...

Samarali yechim

O‘zbekistonda ekologik talablarni kuchaytirish maqsadida ko‘p kvartirali uylarning tom...

Muvaffaqiyat kaliti — emotsional muloqot

Xitoyda humanoid robototexnika yangi bosqichga o‘tmoqda: endi asosiy e’tibor...

“Yashil maydon”lar kengaymoqda

Prezidentimiz “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida...
KunTun
KunTun