O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining joriy yil 30-yanvardagi 06/1-525-sonli topshirig‘iga asosan, “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida amalga oshirilishi belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ning 32-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shu jumladan, oila-turmush munosabatlari doirasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy hamda psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Men kuchli ayolman” shiori ostida profilaktik tadbirlar 25-fevraldan 1-aprelga qadar tashkil etilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida Muzrabot tumanida ham navbatdagi tadbir o‘tkazildi. Unda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari Mohira Tagayeva, tegishli tashkilotlar vakillari hamda fuqarolar ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga oila mustahkamligini ta’minlash, ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish, turli nizoli vaziyatlarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, xotin-qizlarning muammolari tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

