Oltinsoy tumanida tomorqachilik yo‘nalishida boy tajriba shakllanib, baliqchilik, limonchilik, piyozchilik va boshqa sohalarda samarali faoliyat olib borilmoqda. Limonchi Jalilov Anvar, piyozchi Xudoyqulov Umid va bananchi Dusqobilov Doston xonadonlarida yaratilgan sharoit va erishilgan natijalar diqqatga sazovor.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning topshirig‘iga muvofiq, tumandagi ko‘plab xonadonlarda limonchilikni rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Tuman hokimi Otabek Mavlyanov esa yetishtirilayotgan mahsulotlar bilan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligidan mamnun ekanini bildirdi.

