Oltinsoy tumanidagi “Shirin EJYU” fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jaligiga zamonaviy yondashuvlar joriy etilmoqda. Xususan, Shinjon (Xitoy) usulida chigit ekish texnologiyasi asosida ishlar olib borilib, agrotexnik jarayonlar ilg‘or tajribalar asosida tashkil etilmoqda.
Mazkur usul hosildorlikni oshirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda ekin parvarishini ancha yengillashtirish imkonini bermoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu texnologiya nafaqat yuqori natija, balki fermerlar uchun iqtisodiy samaradorlikni ham ta’minlaydi.
Hududda joriy etilayotgan bunday innovatsiyalar qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirib, agrar sohaning barqaror rivojiga xizmat qilmoqda.

