“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi. Mazkur oromgoh doirasidagi tadbirlarni viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tantanali ochib berdi. Ochilishda viloyatda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar, voyaga yetmagan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, nogironligi bo‘lgan bolalarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etildi.
Ushbu loyiha yoshlarning fikrini eshitish, ularni faol fuqarolik pozitsiyasiga undash va liderlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Loyihada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtgan yoshlar dastlab Termiz shahar Inson ijtimoiy xizmatlar markaziga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilayotgan ijtimoiy xizmatlar, aholini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari hamda tizimdagi yangicha yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bu yoshlar uchun nafaqat ekskursiya, balki ijtimoiy masʼuliyat, hamjihatlik va inson qadri tushunchalarini yanada chuqurroq anglashga xizmat qildi.
“Voice up” oromgohida 2 kun davomida ishtirokchilar o‘z g‘oyalari va tashabbuslari bilan ishtirok etadi.

