Shaffoflik kuchaymoqda

Date:

O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish tizimi kengaytirilib, 272 ta masjidga maxsus ovoz uzatish uskunalari o‘rnatildi. Endilikda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarlari masjidlar orqali keng jamoatchilikka yetkaziladi. Ushbu tizim 6,5 million nafarga yaqin aholini qamrab olib, ayniqsa aloqa yoki elektr uzilishlari paytida ham muhim axborotni uzatish imkonini beradi. Shuningdek, yirik yo‘llar va gavjum hududlarda 28 ta maxsus ekran ham ishga tushirildi.

Shu bilan birga, mahalliy budjet mablag‘laridan foydalanish ustidan nazorat kuchaytirildi. Endilikda hokimliklar qo‘shimcha budjet mablag‘lari bo‘yicha qarorlarni 3 ish kuni ichida rasmiy saytlari va “Ochiq budjet” portalida e’lon qilishi shart. Portal orqali fuqarolar to‘lagan soliqlar va ularning sarfi haqida muntazam ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi.

Mazkur yangiliklar aholi xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda tezkorlikni oshirish hamda davlat moliyasida ochiqlik va ishonchni kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shaffoflik kuchaymoqda

O‘zbekistonda aholini favqulodda vaziyatlardan tezkor xabardor qilish tizimi kengaytirilib,...

Yangi maqom va mukofotlar

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish...

“Voice up” start oldi

“Voice up” (Fikringni ber) yoshlar oromgohi Surxondaryoda start oldi....

Ekinlar malikasi

Qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida oshqovoq — ekinlar malikasi deb ta’riflangan....
KunTun
KunTun