Ustozga munosib e’tirof

Date:

Termiz tumanidagi 17-sonli maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Shahlo Rayimova “Agrobank” ATB tomonidan tashkil etilgan “Arzon” aksiyasi g‘oliblaridan biri bo‘lib, “Chevrolet Onix” avtomobiliga ega bo‘ldi.

2025-yil noyabridan 2026-yil fevraligacha davom etgan aksiyada minglab ishtirokchilar qatnashdi va yakunda respublika bo‘yicha 5 nafar g‘olib aniqlanib, ularga bosh sovrin sifatida avtomobillar topshirildi.

G‘olib ustozga mukofot viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida tantanali ravishda topshirildi. Ushbu e’tirof ayniqsa Navro‘z va Hayit bayramlari arafasida berilgani bilan yanada ahamiyatli bo‘ldi.

Bunday tashabbuslar ta’lim sohasi xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini qadrlash va jamiyatda ustozlar nufuzini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun