Harbiylarimizdan rekord natija

Date:

O‘zbekiston harbiy xizmatchilari xalqaro maydonda yana bir bor o‘z mahorati va tayyorgarlik darajasini namoyon etdi. AQShning Missisipi shtatidagi “Camp Shelby” harbiy-o‘quv bazasida o‘tkazilgan “Eng ilg‘or jangchi–2026” musobaqasida yurtimiz vakillari rekord natijalarni qayd etdi.

Harbiylar Ilhom Salomov va Turdimurod Avlayev nufuzli musobaqada AQSh Milliy gvardiyasi harbiylari bilan bellashib, jamoaviy va yakka bahslarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi. Xususan, ular 20 kg yuk bilan 20 km masofani 1 soat 48 daqiqada bosib o‘tib, musobaqa rekordini yangiladi.

Shuningdek, yakka tartibda Turdimurod Avlayev to‘siqlar yo‘lagini 10 daqiqa 34 soniyada yengib o‘tgan bo‘lsa, Ilhom Salomov tungi orientirlash bo‘yicha 15 kilometr masofani 59 daqiqada bosib o‘tib, barcha shartlarda rekord natijalarni qayd etdi.

Mazkur yutuq nafaqat harbiylarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi yuqori darajada ekanini, balki O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini ham yaqqol namoyon etmoqda. Ayniqsa, bu kabi natijalar milliy armiya imidjini mustahkamlash, yoshlar orasida vatanparvarlik ruhini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qayd etish joiz, o‘zbekistonlik harbiylar ushbu musobaqada 2019-yildan buyon muntazam ishtirok etib, doimiy ravishda yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Bu esa mamlakatimizda harbiy sohada olib borilayotgan islohotlar o‘z samarasini berayotganidan dalolatdir.

Oldingi sahifaPolvonlar kuch sinadi
Keyingi sahifaMehnati qadr topdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun