Muloqot va hamkorlik

Date:

Bugungi kunda kutubxonalar jamiyatning ma’naviy va intellektual taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Ilgari kutubxona asosan kitob saqlash va ularni kitobxonlarga berish vazifasini bajargan bo‘lsa, hozirgi davrda u axborot markazi sifatida faoliyat yuritmoqda. Zamonaviy kutubxona va kitobxon o‘rtasidagi munosabatlar ham yangi bosqichga ko‘tarilib, axborot texnologiyalari asosida rivojlanmoqda.

Kutubxona va kitobxon munosabatlarida muloqot va hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Kutubxonalar turli ma’rifiy tadbirlar, kitob taqdimotlari, adabiy kechalar va seminarlar orqali kitobxonlarni jalb etadi. Bu esa kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, kutubxonalarda foydalanuvchilarga qulay sharoit yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish va elektron xizmatlarni rivojlantirish kitobxonlar sonining ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Axborot texnologiyalari rivojlanishi kitobxonlarga keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Kelajakda kutubxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish, elektron resurslarni ko‘paytirish va kitobxonlarga qulay xizmatlar ko‘rsatish muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi.

Gulchehra Aminova,

Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazi Aboniment sektor mudiri

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun