Qochib bo‘lmaydi

Date:

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh guvohnomasi mavjud bo‘lmaganligi sababli sobiq turmush o‘rtog‘idan aliment undirish imkonsiz, deb o‘ylashadi. Aslida ham shundaymi?

Ammo O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96-moddasida har bir ota-ona o‘zining voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to‘lashi shart ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Ushbu qoidalarga ko‘ra, ota aliment to‘lashdan bosh torta olmaydi. Agar ota o‘z farzandini ochiqdan-ochiq tan olmaydigan bo‘lsa, bunday hollarda qo‘shimcha tekshiruvlar, ekspertiza o‘tkazilishi mumkin.

Bolaning qonuniy manfaatlari uchun ota-onadan aliment undirishda ularning ish joyiga egaligi muhim ahamiyatga ega emas.

Oila kodeksining 99-moddasiga binoan, aliment to‘lovi agarda ota-ona o‘rtasida alohida kelishuv mavjud bo‘lmasa, sud tomonidan bolalar soniga qarab belgilanadi.

Ular quyidagicha:ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining:

bir bola uchun – to‘rtdan bir qismi;

ikki bola uchun – uchdan bir qismi;

uch va undan ortiq bola uchun – yarmisi miqdorida undiriladi.

Bunda har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

Aliment undirish uchun fuqarolik sudiga murojaat qilish mumkin.

Alpomish AZIMOV,

tajriba orttiruvchi notarius yordamchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun