Kelajakni asrang!

Date:

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu sana insoniyat hayotida suvning beqiyos ahamiyatini yana bir bor eslatish, suv resurslarini asrash va ulardan oqilona foydalanish zarurligini targ‘ib etadi.
Suv – bu hayot manbayi. Yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlarning yashashi suv bilan bevosita bog‘liq. Inson hayoti, qishloq xo‘jaligi, sanoat va ekologik muvozanat suv resurslariga tayanadi. Shunga qaramay, bugungi kunda dunyoning ko‘plab hududlarida suv tanqisligi muammosi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Aholi sonining ortishi, sanoat va qishloq xo‘jaligining kengayishi suvga bo‘lgan talabni keskin oshirmoqda. Biroq sayyoramizdagi chuchuk suv zaxiralari cheklangan.

Mamlakatimizda ham suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qishloq xo‘jaligida suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish, tomchilatib sug‘orish usullarini keng qo‘llash orqali suvdan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa nafaqat suv resurslarini tejash, balki ekologik muvozanatni saqlashga ham xizmat qilmoqda.

Ekologik muammolarni hal etishda jamoatchilikning faolligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan qator tashabbuslar ilgari surilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti tomonidan Butun jahon suv resurslari kuni munosabati bilan turli targ‘ibot tadbirlari, davra suhbatlari va ekologik aksiyalar tashkil etilmoqda.

Ushbu tadbirlar orqali aholiga suv resurslarini asrash, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish hamda tabiatni muhofaza qilishning ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, suvni asrash faqat davlat yoki tashkilotlarning vazifasi emas. Har bir fuqaro kundalik hayotida suvdan oqilona foydalanishi, uni behuda sarflamasligi, suv manbalarini ifloslantirmasligi lozim.

Chunki suv –tabiatning bebaho ne’mati, uni asrab-avaylash kelajak avlodlar oldidagi muhim mas’uliyatimizdir. Zero, suvni asrash – bu hayotni, kelajakni va tabiatni asrash demakdir.

S.Jumayeva,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Termiz shahar partiya tashkiloti raisi

Oldingi sahifaQochib bo‘lmaydi
Keyingi sahifaBuyuklikka yo‘l…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun