Shaffoflikni ta’minlash uchun

Date:

2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda ko‘chmas mulk hamda ayrim transport vositalarini oldi-sotdi qilishda hisob-kitoblar faqat banklar orqali naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Bu tartib Prezidentning 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-son farmoni asosida joriy etilmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan notariuslar va banklar o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashish tartibi tasdiqlandi. Endilikda notariuslar oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlashdan oldin xaridor tomonidan pul mablag‘lari bankdagi eskrou hisobvarag‘iga kiritilganini elektron tizim orqali tekshiradi.

Jarayonga ko‘ra, xaridor bankka ariza bilan murojaat qiladi va kelishilgan mablag‘ eskrou hisobvarag‘iga kiritiladi. Shundan so‘ng notarius tizim orqali mablag‘ mavjudligini tasdiqlab, shartnomani rasmiylashtiradi. Keyinchalik pul sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Yangi tizim bitimlarda shaffoflikni ta’minlash, firibgarlik xavfini kamaytirish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun