Moliyaviy xatarlardan ogohlantiriladi

Date:

O‘zbekistonda kredit va mikroqarz reklamalariga yangi talab joriy etilishi rejalashtirilmoqda. “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan qo‘shimchaga ko‘ra, kredit mahsulotlarini targ‘ib qiluvchi reklamalarda qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlar keltirib chiqarishi mumkinligi haqida majburiy ogohlantirish bo‘lishi shart bo‘ladi.

Qonun loyihasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida muhokama qilinib, qo‘llab-quvvatlandi. Unga ko‘ra, bunday ogohlantirish reklama maydoni yoki efir vaqtining kamida 10 foizini egallashi kerak.

Mazkur o‘zgarish so‘nggi yillarda mikroqarzlar ommalashib, ayrim kredit tashkilotlari tomonidan agressiv kreditlash amaliyoti kuchaygani hamda aholining qarz yuki ortib borayotgani bilan izohlanmoqda. Ko‘pincha reklamalarda kreditning tez va oson olinishi targ‘ib qilinib, uning moliyaviy oqibatlari yetarlicha tushuntirilmaydi.

Yangi norma aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, kredit olishda xatarlarni anglash va qarz majburiyatlariga nisbatan yanada mas’uliyatli yondashuvni shakllantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun