Surxondaryoda sport rivojlantiriladi

Date:

Surxondaryo viloyat sport boshqarmasi boshlig’i Ravshanbek Maxmudov Fransiyaning “Group Huit” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida Jahon banki mablag‘lari hisobidan Surxondaryo viloyatining bir qator sport yo’nalishini qamrab olgan masalalarning yo’l xaritalari muhokama qilindi.

Xususan, viloyatda sport tizimini takomillashtirish, tumanlardagi sport maktablarining infratuzulmasini yaxshilash yuzasidan fikr almashildi. “Group Huit” kompaniyasi mutaxassislari loyiha mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari hamda rejalashtirish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etdilar.

Tomonlar loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni atroflicha muhokama qilib, kelgusi bosqichlarda ma’lumotlar almashish hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...

Zamonaviy sharoit, xavfsiz jamiyat

Sariosiyo tumanida Ichki ishlar bo‘limining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga...

Har qarich yer baraka

Jarqo‘rg‘on dehqonlari fidokor mehnati natijasida kartoshka hosilida rekord ko‘rsatkichlarga...

Kelajak kodlarda…

Termiz shahrida sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan nufuzli umummilliy AI...
KunTun
KunTun