“Ramazon yarmarkasi” boshlandi

Date:

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Surxondaryo viloyatida aholini arzon va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida Airitom Free Zone hududida “Ramazon yarmarkasi” tashkil etildi.

Mazkur yarmarka O‘zbekiston hamda Afg‘oniston tadbirkorlari ishtirokida o‘tkazilmoqda. Unda kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxona narxlarida hamda arzonlashtirilgan shaklda taklif etilmoqda.

Yarmarka doirasida aholi un va o‘simlik yog‘i, tuxum, dori-darmon vositalari, turli xil shirinliklar hamda boshqa oziq-ovqat va xalq iste’moli mollari kabi mahsulotlarni hamyonbop narxlarda xarid qilish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, xaridorlar uchun keng turdagi mahsulotlar taqdim etilib, ularni ishlab chiqaruvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulgurji narxlarda sotib olish imkoniyati yaratilgani bilan ham ushbu yarmarka alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun