Hamkorlik yangi bosqichda

Date:

Dushanbe shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida ikki davlat universitetlari o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlikni nazarda tutuvchi muhim hujjatlar imzolandi.

Forum yakunida O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 60 dan ortiq shartnoma, kelishuv va memorandumlar qabul qilindi. Ular talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borish hamda akademik mobillikni kengaytirishga qaratilgan.

Mazkur hujjatlar ikki mamlakatning yetakchi oliygohlari o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlab, xalqaro tajriba almashinuvi va zamonaviy bilimlarni rivojlantirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun