Yurt obodligi – mahalladan boshlanadi

Date:

Surxondaryo viloyatida “Yurt obodligi – avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari keng jamoatchilik ishtirokida uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Erta tongdan viloyatning barcha hududlarida mahalla-ko‘ylar, ko‘chalar, xiyobonlar hamda tashkilot va muassasalar hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Hashar jarayonida qadamjolar va qabristonlar tartibga keltirilib, bo‘sh maydonlarga gul ko‘chatlari ekilmoqda, daraxtlarga shakl berilib, hududlar yanada fayzli ko‘rinishga keltirilmoqda. Ikki kun davom etadigan tadbir doirasida katta hajmdagi ishlar rejalashtirilgan bo‘lib, birinchi kunning o‘zida 2 ming gektardan ortiq hudud obodonlashtirilishi, 1 500 tonna chiqindi olib chiqilishi, shuningdek ariq va zovurlar tozalanishi belgilangan.

Shuningdek, 881 ta qabriston, 35 ta ziyoratgoh hamda qariyb 13 mingta ko‘cha hududida tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu hashar nafaqat hududlarni obod qilish, balki aholi o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, mahalla birdamligini kuchaytirish va Vatan ravnaqiga daxldorlik hissini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun