Toshkent–Termiz: safar 7 soatgacha qisqaradi

Date:

O‘zbekiston temir yo‘llari AJ raisi Zufar Narzullayev ma’lum qilishicha, kelgusida Toshkentdan Termizga tezyurar poyezdda 7 soat atrofida yetib borish imkoniyati yaratiladi.

Loyiha doirasida Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi bilan dastlabki muzokaralar o‘tkazilgan bo‘lib, hozirda texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqilmoqda. Yangi yo‘nalish hududning geografik sharoitlarini inobatga olgan holda loyihalashtiriladi.

Hozirda Toshkent – Termiz yo‘nalishida safar 14 soat davom etsa, tezyurar poyezdlar ishga tushirilgach bu vaqt 7,5 soatgacha, keyinchalik esa 7 soatgacha qisqaradi. 2028-yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan loyiha doirasida 4 ta zamonaviy poyezd olib kelinadi va har biri qariyb 400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, davlat rahbari tomonidan Toshkent – Andijon yo‘nalishida ham tezyurar poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun