Javobgarlik kuchaytiriladi

Date:

Yo‘llarda noqonuniy tashkil etilayotgan poygalar tufayli yuzaga kelayotgan yo‘l-transport hodisalari, inson hayotiga xavf tug‘dirayotgan holatlar sababli ma’muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etish rejalashtirilayotgani haqida Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, bunday noqonuniy poygalar nafaqat yo‘l harakati ishtirokchilari xavfsizligiga, balki aholi osoyishtaligiga ham jiddiy tahdid solmoqda. Ayrim holatlarda ular og‘ir tan jarohati va o‘lim bilan yakunlanmoqda.

Shu munosabat bilan, noqonuniy poygalarni tashkil etish va unda ishtirok etish uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Hujjat 17-fevral kuni manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishish uchun kiritilgan bo‘lib, belgilangan tartibda ma’qullangach, jamoatchilik muhokamasiga taqdim etiladi.

Mazkur tashabbus yo‘llarda tartib-intizomni mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida xavfli “ko‘cha poygalari”ning oldini olish hamda inson hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun