3 ming oʻringa 300 nomzod

Date:

24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida o‘tkazilgan ochiq muloqotda har haftaning payshanba kunini “Yoshlar kuni” sifatida belgilash tashabbusi ilgari surildi. Ushbu tashabbus doirasida Surxondaryoda ilk “Yoshlar kuni” keng ko‘lamli tadbirlar bilan boshlandi.

Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz davlat universiteti binosida “Yoshlar mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Unda 3 mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinib, ishga joylashish maqsadida 300 nafardan ortiq yosh ishtirok etdi.

Shuningdek, universitet hududida talabalar o‘rtasida sport musobaqalari ham o‘tkazilmoqda.

Mazkur tashabbus yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish orqali jamiyatda faol hamda raqobatbardosh avlodni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qogʻozsiz bir kun”

Oʻzbekistonda davlat idoralarida qogʻoz sarfini keskin kamaytirish va ish...

Ochiq mavsum va keng imkoniyatlar

Turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Xalqaro bozordagi...

Muhim qaror

Sariosiyolik Abdurashid Xaliqov o‘z hayoti davomida halol mehnati bilan...

Navro‘z – hamjihatlik timsoli

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Bandixon tumanida keng ko‘lamli...
KunTun
KunTun