Muhim va samarali…

Date:

Surxondaryo viloyatida aholi va ta’lim muassasalarini favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish, ayniqsa bahor mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel va suv toshqinlari xavfini kamaytirishga qaratilgan yig‘in o‘tkazildi.

Tadbir Termiz shahridagi Etnoshahar majmuasi hududida viloyat hokimi, fuqaro muhofazasi boshlig‘i Ulug‘bek Qosimov rahbarligida tashkil etildi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, FVDQT kuch va vositalari, ta’lim tizimi mas’ullari hamda hududlar bilan videokonferensiya orqali mutasaddilar ishtirok etdi.

Amaliy mashg‘ulotlar davomida maxsus texnika va qutqaruv vositalari namoyish etilib, favqulodda vaziyatlarda tezkor va muvofiqlashgan harakat qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Shuningdek, ta’lim muassasalarida yong‘in xavfsizligini kuchaytirish, profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘inda ta’kidlanganidek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish – oqibatlarni bartaraf etishdan ko‘ra muhim va samaraliroqdir. Shu bois hududlarda ogohlantirish, tayyorgarlik va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish aholi xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun