Ramazon — shukronalik oyi

Date:

Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalikni ulug‘laydigan, insonlarni ezgulikka chorlaydigan muborak oydir. Bu oyda har bir inson qalbini poklab, sabr-toqat, saxovat va bag‘rikenglik kabi fazilatlarni mustahkamlashga intiladi. Ro‘za tutish orqali inson nafaqat jismoniy, balki ma’naviy jihatdan ham poklanadi, ne’matlar qadrini yanada chuqurroq anglaydi.

Ayniqsa, Ramazon oyida muhtojlarga ko‘mak berish, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, xayr-ehson ishlarini amalga oshirish savobli amallardan hisoblanadi. Bu ezgu an’analar Jarqo‘rg‘on tumanida ham izchil davom etmoqda.

Jarqo‘rg‘on tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, boquvchisini yo‘qotgan va kam ta’minlangan oilalar doimiy e’tibor markazida. Tuman hokimligi, mutasaddi tashkilotlar va mahalla faollari hamkorligida ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va zaruriy ro‘zg‘or buyumlari yetkazib berilmoqda.

Xayriya tadbirlari tashkil etilib, homiylar tomonidan munosib yordamlar ko‘rsatilmoqda. Iftorliklar uyushtirilib, oilalarga ma’naviy dalda va qo‘llab-quvvatlash berilmoqda. Bu kabi ishlar jamiyatda birdamlik, totuvlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlamoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun