Ishlar jadallashdi

Date:

Bugungi kunda aholi va qishloq xo‘jaligini to‘liq hamda aniq ro‘yxatga olish davlat rejalashtiruvi, iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy siyosat samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, hududlar kesimida aniq statistik ma’lumotlarga ega bo‘lish infratuzilmani rivojlantirish, bandlikni ta’minlash va resurslarni oqilona taqsimlashda asosiy omil hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, viloyatimizda olib borilayotgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni dolzarb vazifalardan biri sifatida davom etmoqda. Ta’kidlash o‘rinliki, viloyatda ro‘yxatga olish ishlarining ikkinchi bosqichi qizg‘in pallaga kirgan. Tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda jarayonning borishi, erishilgan natijalar va mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi. Unda asosiy e’tibor hali ro‘yxatdan o‘tmagan xonadonlarni to‘liq qamrab olish masalasiga qaratildi.
Yig‘ilish davomida mutasaddilarga uyma-uy yurish ishlarini yanada jadallashtirish, aholi bilan tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda har bir fuqaroning ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Ta’kidlanganidek, ma’lumotlarning to‘liqligi va haqqoniyligi kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Jarayonni bevosita O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati vakillari, jumladan, vazir o‘rinbosari N.Qodirov hamda respublika ishchi guruhi a’zolari muvofiqlashtirib bormoqda. Ular har kuni ikki mahal hududiy shtablar faoliyatini o‘rganib, texnik va tashkiliy muammolarni joyida hal etish choralarini ko‘rmoqda. Bu esa jarayonning tizimli va samarali tashkil etilayotganidan dalolat beradi.
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — bu shunchaki statistik tadbir emas, balki hududning bugungi holati va ertangi taraqqiyotini belgilab beruvchi muhim jarayondir.
Har bir xonadon va har bir fuqaroning ro‘yxatdan o‘tishi kelajak rejalari uchun mustahkam ma’lumotlar bazasini yaratadi.
Surxondaryoda ro‘yxatga olish ishlarining izchil va nazorat ostida olib borilishi hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Jarayonda barcha fuqarolarning faol ishtiroki esa umumiy maqsad — aniq va ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Boysari Xayinov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqamli nazorat kuchaymoqda

Sud hujjatlari va boshqa organlar qarorlarining o‘z vaqtida hamda...

Sharqning Avreliy Avgustini

Zahiriddin Muhammad Bobur deganda, ko‘z oldimizda nafaqat buyuk imperiya...

Ishlar jadallashdi

Bugungi kunda aholi va qishloq xo‘jaligini to‘liq hamda aniq...

Shaffoflik va tezkorlikni ta’minlaydi

Raqamli iqtisodiyot sharoitida davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi mulkiy...
KunTun
KunTun