Tayyorgarlik avjida

Date:

Ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida “Navro‘z” umumxalq bayramini yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari boshlangan. Shu munosabat bilan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi hududida joylashgan amfiteatr maydonida bo‘lib, ishlab chiqilgan bayram dasturlari taqdimoti bilan tanishdi.

Mas’ullar tomonidan hududni bayramona bezatish, zamonaviy dekoratsiyalar o‘rnatish, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlarini tashkil etish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi. Viloyat rahbari bayram tadbirlarini mazmunan boy, tashkiliy jihatdan puxta va yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdi.

Shundan so‘ng, tashrif Angor tumanida davom etdi. Tuman markaziga kirish qismida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda stella va sanitar punktlar barpo etish ishlari ko‘zdan kechirildi. Hududni zamonaviy ko‘rinishga keltirish, yashil hududlar maydonini kengaytirishga qaratilgan loyihalar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Tashrif davomida Qiziriq tumanidagi qator istiqbolli loyihalar ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, Takiya ota ziyoratgohini obodonlashtirish, ziyoratchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish ishlari o‘rganildi. Shuningdek, mazkur hududga tutash maydonlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Bundan tashqari, tumanda barpo etilishi ko‘zda tutilgan “Yangi O‘zbekiston” massivi uchun tanlangan yer maydoni hamda uni kompleks rivojlantirish rejalari, shuningdek, hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi istiqbolli loyihalar yuzasidan axborot berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ishlar talabga mosmi?

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Bandixon tumanida...

Tayyorgarlik avjida

Ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida "Navro‘z" umumxalq bayramini yuqori saviyada...

“Eng faol kitobxon o‘quvchi” kim?

Surxondaryo viloyatida o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning ma’naviy-intellektual...

Yangi uy-joylar qad rostlamoqda

Hududiy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish va yangi...
KunTun
KunTun