Kasbiy ta’limga yangi turtki

Date:

2026-yil 16-fevralda qabul qilingan PF–22-sonli Prezident Farmoni bilan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida keng ko‘lamli islohotlar belgilandi. Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanib, O‘zbekiston – 2030 strategiyasini izchil amalga oshirishga qaratilgan.

Farmonga muvofiq, kasblarni rivojlantirish yo‘nalishida, ya’ni 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab texnikum o‘quvchilariga stipendiya to‘lash amaliyoti joriy etiladi. Bu qaror yoshlarning kasbiy ta’limga qiziqishini kuchaytirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish va malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, 7 ta hududda ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari huzurida “Kasblar shaharchalari” tashkil etilib, maktab o‘quvchilarini zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, hududlarda 24 ta malakani baholash markazi tashkil etilib, mehnat bozorida tan olinadigan sertifikatlar berish amaliyoti joriy qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun