Bunyodkorlik ishlari boshlandi

Date:

Surxondaryo viloyatida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan islohotlar izchil davom etmoqda. Xususan, Termiz tumanida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida qo‘shimcha 5 ta mahallada keng ko‘lamli bunyodkorlik hamda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bugun ish kuni avvalida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida kommunal xizmatlar sifatini oshirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish, aholi uchun qulay infratuzilma yaratish hamda zamonaviy shaharsozlik qiyofasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Mutasaddilarga qurilish va ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda, eng muhimi, sifatli yakunlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Ta’kidlanganidek, mahallalarda yaratilayotgan qulayliklar, avvalo, aholining kundalik turmush tarziga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi lozim.

Shuningdek, hududda zamonaviy bozorcha barpo etish va yangi tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish yuzasidan rejalar taqdimot qilindi. Bu tashabbuslar nafaqat savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantiradi, balki yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Oldingi sahifaBrakoner ushlandi
Keyingi sahifaDenovda Ramazon barakasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun