Tarixiy arxitektura asosida…

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrifi davomida “Said Otaliq” madrasasi va Mustaqillik ko‘chasi oralig‘ida tarixiy arxitektura dizayni asosida tun-u kun faoliyat yurituvchi turizm ko‘chasini barpo etish loyihalari bilan tanishdi.

Loyihaga muvofiq, ko‘cha bo‘ylab Denovning qadimiy arxitektura qiyofasi tiklanadi, madrasalar va boshqa tarixiy yodgorliklar restavratsiya qilinadi, atrof-muhit obodonlashtiriladi va sayyohlar uchun zamonaviy infratuzilma yaratiladi. Viloyat rahbari qurilish va ta’mirlash ishlarini bosqichma-bosqich tashkil etish hamda hudud infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Loyiha Denovning tarixiy qiyofasini saqlab qolish, sayyohlik salohiyatini oshirish va mahalliy iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun