Ta’lim, sport va yoshlar siyosati muhokama qilindi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida ta’lim, sport va yoshlar bilan ishlash sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi va kelgusidagi aniq vazifalar belgilab olindi.

Termiz shahridagi Yoshlar markazida yoshlarni fan va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha yangi “Ko‘mak” loyihasi taqdim etildi, viloyatdagi “og‘ir” mahallalarda loyiha samarali amalga oshirilishi vazifasi belgilandi. Shu bilan birga, umumta’lim maktablarida ta’lim sifati, maktabgacha ta’lim muassasalari, sport federatsiyalari faoliyati va ishsiz yoshlar bilan olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Viloyat rahbari ta’lim va yoshlar siyosatining yurt kelajagi uchun strategik ahamiyatini ta’kidladi va sport sohasida iqtidorli yoshlarni tanlab, ularni milliy hamda xalqaro musobaqalarga puxta tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Tadbir yoshlarni bilimli, tashabbuskor va faol fuqarolar etib tarbiyalash, sport va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish orqali yurt kelajagini mustahkamlashga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun