Yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda

Date:

Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massiviga tutash hududda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida “Texno Park” hamda yoshlar sanoat zonasi loyihalari amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbuslar kelgusida massivga ko‘chib keladigan aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov loyihalar ijrosi bilan joyida tanishib, tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar hamda bank rahbarlarining axborotlarini tingladi.

Tashrif davomida yoshlar sanoat zonasida qurilish ishlarini o‘z vaqtida yakunlash, loyihalarni puxta rejalashtirish va hududni zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun