Bog‘cha ochsa, imtiyoz bor

Date:

Maktabgacha ta’lim qamrovi past bo‘lgan hududlarda xususiy bog‘cha ochayotgan tadbirkorlar uchun bir qator imtiyozlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Jumladan, tarbiyalanuvchilar uchun subsidiyalar, pedagoglar ish haqi kompensatsiyasi, imtiyozli kreditlar hamda soliq yukini kamaytirish choralari ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarini ochishga ruxsat berilishi rejalashtirilmoqda. Bu ta’lim xizmatlari bozorida raqobatni kuchaytirish, qamrovni oshirish va bolalarni maktabga sifatli tayyorlashga xizmat qiladi.

Ayni paytda mamlakatda maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizni tashkil etsa-da, ayrim hududlarda bu ko‘rsatkich 70 foizdan past. Shu bois xususiy sektor ishtirokini kengaytirish muhim vazifa sifatida belgilandi. Davlat rahbari takliflarni puxta ishlab chiqib, bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun