Iste’molchilar  huquqlari: nazorat  va  natija

Date:

Bugungi kunda iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan tizimli va manzilli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Qo‘mitaning Surxondaryo viloyati  hududiy boshqarmasiga  2025-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 3 767 ta murojaat kelib tushib, belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. Mazkur murojaatlarning 95 foizi ijobiy hal etilib, natijada 4,0 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ iste’molchilar hamda tadbirkorlik subyektlari foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, murojaatlarning 74 foizi uy-joy, kommunal xizmatlar va transport, 17 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 8 foizi ijtimoiy soha, qolgan 1 foizi esa reklama va boshqa yo‘nalishlarga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkichlar aholining kundalik ehtiyojlari bilan bog‘liq sohalarda huquqiy muammolar mavjudligini ko‘rsatadi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida o‘tgan yil davomida 24 ta soha va yo‘nalish bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirilib, natijada nomuayyan doiradagi 111 mingga yaqin iste’molchining huquqlari tiklandi. Ushbu o‘rganishlar yakunida 6,3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi. Shuningdek, iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida sud organlariga 20 dan ortiq da’vo arizalari kiritildi. Bundan tashqari, vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda Qo‘mita tomonidan tasdiqlangan grafik asosida 67 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, ichimliklar, sut va bolalar ozuqasi, go‘sht mahsulotlari, ko‘mir yonilg‘isi, qora metall buyumlar va boshqa mahsulotlar bo‘yicha nazorat xaridlari o‘tkazildi. Natijada 36 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati o‘tganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlarni realizatsiya qilgan subyektlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda sudlarga taqdim etildi.

Shuningdek, tibbiyot muassasalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar davomida ayrim tibbiy asbob-uskunalar o‘lchash vositalari belgilangan tartibda qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilmaganligi oqibatida 5 730 nafar fuqaroga sifatsiz tibbiy xizmat ko‘rsatilgani aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi.

Reklama qonunchiligiga rioya etilishi ustidan olib borilgan monitoringlar ham tizimli ravishda amalga oshirildi. Jumladan, hududiy boshqarma tomonidan 2 mingdan ortiq tashqi reklama obyektlari o‘rganilib, 1 300 dan ortiq holatda qonunbuzilish va kamchiliklar aniqlandi. Ularning aksariyati joyida bartaraf etilib, 40 ta korxona va jismoniy shaxslarga nisbatan qonuniy choralar qo‘llanildi.

Xulosa qilib aytganda, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan ishlar aholining huquqiy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, bozorda adolatli raqobat muhitini ta’minlash va sifatsiz xizmat hamda mahsulotlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o‘z navbatida iste’molchilar ishonchini mustahkamlash va hududda sog‘lom iqtisodiy muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Husniddin Yuldashev,

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarni himoya qilish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning  samarqandlik  o‘g‘li

Vatan o‘z farzandlarini matonati, sadoqati, shijoati va beorom qalblari...

Novvoyning holiga  voy

Giyohvand moddalarni iste’mol qilish insonni zalolatga, salomatlikdan ayrilish va...

Iste’molchilar  huquqlari: nazorat  va  natija

Bugungi kunda iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, sog‘lom raqobat...

Beparvolik  kechirilmaydi

Bugungi kunda viloyatimizda yangi bino va inshootlar qurilishi, ko‘p...
KunTun
KunTun