Taʼlim — samarali tashkil etilsa

Date:

Bandixon tumanidagi 1-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida majburiy bir yillik ta’limni samarali tashkil etish, bolalarning maktab ta’limiga har tomonlama tayyorgarligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tarbiyalanuvchilarning psixologik, intellektual, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda zamonaviy pedagogik metodikalarning o‘rni muhim ekani ta’kidlandi. Ta’lim jarayonida bilim berish bilan bir qatorda bolalarning ruhiy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratish, ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Shuningdek, ota-onalar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik bolalarning rivojlanishini mustahkamlashi, sifatli maktabgacha ta’lim esa jamiyat taraqqiyotining muhim poydevori ekani qayd etildi.

Mazkur seminar majburiy bir yillik ta’lim sifatini oshirish, bolalarni maktabga puxta tayyorlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun