Raqamlashtirish orqali jinoyatchilikka qarshi

Date:

Prezidentimiz raisligida joriy yil 27-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarda xavfsiz muhitni shakllantirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va bozorlar faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Jarqo‘rg‘on tumani dehqon va oziq-ovqat bozori hududida viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda tegishli tashkilotlar ishtirokida yig‘in o‘tkazildi. Unda shahar va tumanlardan mutasaddi rahbarlar onlayn tarzda ishtirok etdi.

Tadbir davomida bozorlar va jamoat joylarida tartib-intizomni mustahkamlash, savdo jarayonlarini xavfsiz va shaffof tashkil etish, raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Shuningdek, hududlardagi markaziy bozorlar va savdo komplekslarida maxsus taktik tadbirlarni tizimli tashkil etish, qisqa muddatlarda raqamlashtirish jarayonlarini yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur chora-tadbirlar aholi uchun qulay va xavfsiz savdo muhitini yaratish, qonuniylikni ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi samarali kurashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun