Bozor raqamlashtirilmoqda

Date:

Davlatimiz rahbari topshiriqlariga muvofiq, hududlardagi bozorlarni raqamlashtirish orqali savdoni tartibli, xavfsiz va shaffof tashkil etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumani dehqon va oziq-ovqat bozorida raqamlashtirish vazifalari ijrosi bilan tanishdi. Mas’ullar tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, joriy etilgan raqamli tizimlar natijasida erishilgan ko‘rsatkichlar hamda tushumlar dinamikasi haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, bozordagi savdo sharoitlari, sanitar-epidemiologik holat va tartibli savdoning tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi. Viloyat hokimi raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, bozor va unga tutash hududlarda videokuzatuv tizimini to‘liq joriy etish hamda sotuvchi va xaridorlar uchun xavfsiz savdo muhitini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun