B1 sertifikatga 75 foiz ball

Date:

Hukumatning 28-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq, davlat oliy ta’lim muassasalarining chet tili 1-fan etib belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish tartibiga muhim o‘zgartirish kiritildi. Endilikda ushbu yo‘nalishlarga kirishda xorijiy tilni bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat talab etiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, fanlar majmuasida chet tili mavjud bo‘lgan yo‘nalishlarda B1 darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga mazkur fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi beriladi. B2 va undan yuqori darajadagi sertifikat egalari esa maksimal ball bilan baholanadi.

Avval ushbu yo‘nalishlarga qabul faqat kamida B2 darajadagi sertifikat asosida amalga oshirilgan edi. Mazkur o‘zgarish chet tillarini o‘rganayotgan yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirib, oliy ta’limga kirishda adolatli va rag‘batlantiruvchi tizimni shakllantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun