“Statistika sinflari” ish boshladi

Date:

Surxondaryo viloyatida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari doirasida umumta’lim maktablarida “Statistika sinflari” tashkil etilmoqda. Ushbu tashabbus aholi o‘rtasida ro‘yxatga olish jarayonlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish va statistik bilimlarni ommalashtirishga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 7 oktyabrdagi 629-son qaroriga muvofiq, Qiziriq tumanidagi 36-umumta’lim maktabi hamda Termiz shahridagi 8-umumta’lim maktabida zamonaviy texnika va mebellar bilan jihozlangan statistika sinflari faoliyatini boshladi.

Yangi sinflar o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, ma’lumotlar bilan ishlash va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ular kelgusida iqtisodiyot va axborot texnologiyalari sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlashda muhim ta’lim maydoniga aylanishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun